Modrich 36 yoshgacha "Real"da o‘ynaydi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “qirollik klubi” sharafini himoya qilishda davom etadi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi madridliklar rahbariyati bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ta’kidlash kerakki, uning hozirgi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq klub prezidenti Florentino Peres Modrich faoliyatini aynan “Real”da yakunlashini xohlashini va buning uchun uning maoshini oshirishga ham tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Modrich “Real” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar