Modrich va Navas "Levante"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishadi

  • 9 sentabr, 2017, 11:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich va darvozaboni Keylor Navas bugun bo‘lib o‘tadigan “Levante”ga qarshi bahsda ishtirok etishmaydi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqindagina terma jamoalari tarkibida muhim o‘yinlarda ishtirok etib qaytgan xorvatiyalik va kosta-rikalik futbolchilarga dam berishga qaror qilgan.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da start oladigan uchrashuvga Zidan quyidagi futbolchilarni qaydnomaga kiritdi:

Darvozabonlar: Kasilya, Luka

Himoyachilar: Karvaxal, Valexo, Ramos, Nacho, Marselo, Teo

Yarim himoyachilar: Kroos, Kasemiro, Lorente, Asensio, Isko, Kovachich, Sebalos

Hujumchilar: Benzema, Beyl, Lukas Vaskes

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!