Modrichning agenti uni "Inter"ga o‘tishga undamoqda

  • 03.08.2018 13:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich mijozini “qirollik klubi”dan ketishga undamoqda.

Cadena SER nashrining xabar berishicha 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining agenti unga “Inter” safiga o‘tishni maslahat bermoqda. Chunki, madridliklar u bilan 2020 yilga qadar tuzilgan shartnomani uzaytirmaslini rejalashtirayotgan bir paytda “neradzurrilar” unga uzoq yillik kelishuv va katta miqdordagi maosh taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrich “Real”dan ketish niyati yo‘qligi haqida aytib o‘tgan edi. Qolaversa, klub prezidenti Florentino Peres ham kimdir uni sotib olishni istasa 750 mln evro to‘lashi lozimligini aytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!