"Monako" "Atletiko" forvardini ijaraga olmoqchi
“Atletiko” Madrid forvardi Nikola Kalinich mavsumni “Monako”da davom ettirishi mumkin.
France Football tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini mavsum yakunigacha ijaraga olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kalinich joriy mavsum “matraschilar” safida jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar