Moskvada bo‘lib o‘tadigan UFC turniri qay tarzda tashkil etiladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, sentyabr oyida Moskva shahrida birinchi marotaba shou bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu borada tashkilot vitse-prezidenti Devid Shou o‘z fikrlarini bildirdi.

- Janglar soni 12ta bo‘lishi mumkin. Jadval bo‘yicha 5 uchrashuv markaziy janglar hisoblanadi, qolgan 7ta bahs dastlabki janglar bo‘ladi, - deya Shouning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Ma’lumot uchun, turnir 15 sentyabr kuni “Olimpiyskiy” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Turnirdagi markaziy jangda Aleksey Oleynik va Mark Xant o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Eslatib o‘tish joizki, UFC engil vazn toifasida jahon chempioni Xabib Nurmagomedov Rossiyada bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etmaslikka qaror qildi. 

Nurmagomedov: MakGregorga qarshi jang Rossiyada o‘tqazilsa biz 2-3 mln dollar yo‘qotamiz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!