Mourino: "Yuventus"ning asosiy o‘yinchilari Ronaldu va Dibala emas!

  • 24 oktabr, 2018, 13:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino EChL doirasida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga (0:1) uchraganliklari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Raqibimiz juda kuchli futbol namoish etdi. Muxlislar ko‘p e’tiborni Dibala va Ronalduga qaratishadi, biroq Bonuchchi hamda Kellini maydonda katta ahamiyatga ega. Agarda "Yuve" kabi jamoalar hisobda oldinga chiqib olishsa ularga qarshi o‘ynash juda mushkul.

Tan olish lozimki, MYu xujumda yaxshi harakat qilolmadik, biroq futbolchilar bir jamoa bo‘lib mehnat qilganliklari meni xursand qildi. Ochko yig‘amiz degan umidda edim.

Bonuchchi hamda Kellini raqibimizning asosiy o‘yinchilari desam adashmagan bo‘laman. O‘ylashimcha, "Yuve" chempionlar ligasining favoritlaridan biridir. Qur’a tashlash marosimidan so‘ng biz "Valensiya" bilan guruhda ikkinchi o‘rin uchun kurashishimiz tushungandik, - dedi Mourio.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!