Mourino qilmishidan pushaymonmi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zi asosiy tarkibdan joy bermagan gollandiyalik futbolchi Memfis Depay jamoadan ketganidan keyin uning ustunliklarini maqtay boshladi.
- Depay fantastik darajada professional futbolchi, - dedi Joze Mourino. - Agar kimdirning fikri boshqacha bo‘lsa, u xato qilayotgan bo‘ladi. Depay jamoada hammani hurmat qilardi, asosiy tarkibga kirish uchun mashg‘ulotlarda juda ko‘p ishladi. Biroq unga bu imkoniyat berilmadi. Men uning salohiyatini bilgan holda fantastik futbolchi bo‘la olishiga ishonaman.

Memfis Depay bundan buyon faoliyatini Frantsiya chempionatida "Lion" tarkibida davom ettiradi.

Fikrlar