
Muhammad Salah qanday qilib Misrni JChga olib chiqdi?
Misr terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida Kongo termasi bilan yuzma-yuz keldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Misr termasi hujumchisi Muhammad Salah dubl qayd etib, mamlakat terma jamoasini Rossiyadagi mundialga olib chiqdi. 25 yoshli futbolchi Misr safidagi so‘nggi 18 ta o‘yinda 15 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Misr terma jamoasi 28 yil ichida ilk bor Jahon chempionatiga boradigan bo‘ldi.
Fikrlar