Murodjon Ahmadaliev navbatdagi raqibini ham mag‘lub qildi

  • 15.07.2018 12:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli professional bokschimiz  Murodjon Ahmadaliev (2-0-0)professional boksdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtatidagi “Hollywood” arenasida o‘tgan jangda hamyurtimizga argentinalik Luis Fernando Molina (7-4-1) raqiblik qildi.

6 raund etib belgilangan jangda g‘olib nomi hakamlar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlandi va Murodjon navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.

Professional ringda shu vaqtga qadar 12 ta jang o‘tkazgan o‘ttiz yoshli Luis o‘zining so‘nggi jangini 2017 yilning dekabr oyida o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon professional ringdagi ilk jangini 10 mart kuni argentinalik David Michel Pazga (4-4-1) qarshi o‘tkazib, nokautga uchratgan bo‘lsa, 21 aprel kuni o‘tgan ikkinchi jangida yana bir argentinalik Karlos Suaresni (7-4-3) texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!