Mxitaryan jarohatidan tuzaldi

  • 17.01.2019 17:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jarohatidan deyarli forig‘ bo‘ldi. U tez orada jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli armanistonlik futbolchi dekabr oyi oxirida o‘ng oyoq suyuklarini sindirgan edi. U yangi haftadan boshlab “Arsenal”ning umumiy guruhida shug‘ullanishni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Mxitaryan joriy mavsum “kanonirlar” safida 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!