
Myuller: Gollandiya hozir yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda
Germaniya terma jamoasi forvardi Tomas Myuller bugun Gollandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Gollandiya hozir yaxshi o‘ynayapti, qisqa paslar bilan ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Agar vaziyat imkon bersa ular himoyachilarning ustidan uzoq paslar oshirishga harakat qilishadi. Bunday jamoaga bosim o‘tkazish qiyin, ular bosimdan osongina chiqib ketishlari mumkin”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Gollandiya - Germaniya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar