
Nainggolan "Torino"ga qarshi bahsda ham "Inter"ga yordam berolmasligi mumkin
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan "Torino"ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 30 yoshli belgiyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohatidan to‘liq tuzalmagan va hamon yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" - "Torino" bahsi 26 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar