"Napoli" Kulibalini 105 mln evroga sotmadi
Italiyaning "Napoli" klubi o‘zining senegallik himoyachisi Kalidu Kulibalining transferi bo‘yicha super taklifni rad etdi. Bu haqda klub prezidenti Aurelio De Laurentis xabar berdi.
"Biz 105 million evrolik taklifni rad etdik. Lekin, bu taklif qaysi klubdan bo‘lganini mendan so‘ramanglar" - deydi De Laurentis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 27 yoshli futbolchiga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi klublardan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qildi.



Fikrlar