
"Napoli" forvardiga Evropaning 3ta grandi kurash olib bormoqda
Italiyaning "Napoli" klubi forvardi Lorentso Insine faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Il Mattino nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 27 yoshli italiyalik futbolchiga PSJ, "Borussiya" Dortmund hamda "Atletiko" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Insine joriy mavsum “Napoli” safida jami 30ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning transfer bahosi 75 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar