"Napoli" prezidenti Belottiga qiziqish bo‘layotganini inkor etdi

  • 15.08.2018 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis "Torino" forvardi Andrea Belottiga qiziqish bo‘layotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

“Bu katta yolg‘on. Hamma bu futbolchining narxini oshirib yubordi. Agar Belotti 65 million evro tursa, bu yaxshi. Chunki, Inglezening narxi 85 million turadi. Kelgusi yozda esa katta ehtimol bilan 100 millionga ko‘tariladi”, - deydi De Laurentis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napoli” Belotti uchun “Torino”ga 50 million evro taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!