
"Napoli" sardori Xitoyga yo‘l olishi mumkin
Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachisi Marek Xamshik jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli slovakiyalik futbolchiga Xitoy klublaridan bir nechta ajoyib takliflar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, o‘tgan yilning yozida ham Xamshik chin yurti jamoalaridan takliflar olgan edi. Ammo, u o‘shanda Neapolda qolishni tanlagandi.
Ma’lumot uchun, Xitoyda transfer derazasi 28 fevralda yopiladi.
Marek Xamshik joriy mavsum “Napoli” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Qayd etish lozimki, u "Napoli" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar