"Napoli"ning e’tibori "Barselona" hujumchisiga tushdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Munir El-Xaddadi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calcionapoli24 tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli futbolchiga “Napoli” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Munirning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, neapolliklar uni mavsum yakunlangach tekinga o‘z saflariga qo‘shib olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Munir joriy mavsum “Barsa” safida La Lagida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar