
“Nasaf”ning etti nafar futbolchisi olimpiya terma jamoasiga chaqirildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichga tayyorgarlik yuzasidan 11-16 oktyabr kunlari Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Dastlabki yig‘inga “Nasaf”ning etti nafar futbolchisi taklif etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra Umidjon Ergashev, Ilhom Alijonov, Sherzod Nasrullaev, Sharof Muhitdinov, Bobir Abduxoliqov, Dilshod Saitov va Islom Rashidxonovlar OTJ yig‘inida ishtirok etishadi.
Fikrlar