Nasriga sobiq ustozi Arsen Vengerni tanqid qilishlari yoqmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni damda ijara asosida “Sevilya” klubi sharafini himoya qilayotgan Samir Nasri “Arsenal”dagi sobiq ustozi Arsen Vengerning sha’niga iliq so‘zlar aytib o‘tdi.

“Sizlarni Vengerdek insonni tanqid qilishga haqqingiz yo‘q. “Arsenal” buyuk jamoa, Arsen uni yanada buyukroq qildi.

Aslida odamlarga adolatliroq bo‘lishni o‘rgatish kerak. “Arsenal” ning premer-ligada g‘olib chiqa olmayotganligiga Venger aybdor emas, bunga natija uchun kurashmayotgan futbolchilar aybdor.

Sizlar faqat Vengerga emas “Arsenal” futbolchilari va direktorlar kengashini ham tanqid qilinglar”, - deydi frantsiyalik futbolchi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Nasri faoliyati davomida “Arsenal”da 125ta uchrashuv o‘tkazgan va o‘z hisobiga 27ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!