Navbatdagi "El-klasiko" qachon bo‘ladi?
Xabaringiz bor "Barselona" kecha "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ispaniya kubogidagi to‘qnashuv muxlislarga ketma-ket 3ta “el-klasiko”ni tomosha qilish taqdim etadigan bo‘ldi. Boisi, endi ushbu jamoalar 2 mart kuni La Liganing 26-turi doirasida yana “Santyago Bernabeu”da o‘zaro bahs yuritishadi.
Endi 3-o‘yind “Real” futbolchilari “Barselona”ni mag‘lub etishga yana bir bor urunib ko‘rishlari mumkin. Biroq, Ernesto Valverde shogirdlari ham yutqazishni xohlamasliklari aniq.
Bu va boshqa savollarga 2 mart kuni Madridda bo‘lib o‘tadigan “Real” – “Barselona” to‘qnashuvida javob olamiz. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Fikrlar