Navoiy shahri kurash bayramiga mezbonlik qiladi
10-12 noyabr kunlari Navoiy shahrida kurash bo‘yicha 1997-98 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi bahslari o‘tkaziladi.
16 vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu musobaqada Toshkent shahri va viloyatlardan jami 400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishadi.
O‘zbekiston kurash federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Ibrohim Karimovning so‘zlariga qaraganda, ushbu turnir yosh polvonlarning ayni kundagi holatini aniqlash va ularning keyingi yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati va boshqa xalqaro musobaqalar uchun tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirish uchun o‘tkazilmoqda.

Fikrlar