Nevill: Mourinoni ishdan olmaslik kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Biz tushunamiz, van Gal Angliya Kubogini yutganidan keyin ketdi. Moyes esa chempionat tugashiga 4 tur qolganida ishdan olindi. Men ko‘p joylarda Mourinoning uchinchi mavsumi sindromi haqida o‘qidim va eshitdim, ammo bu allaqachon tarixda qolgan narsalar. Men MYu murabbiylar borasida qat’iy turishi kerak deb o‘ylayman.

Mourino va Vudvord o‘zlarining shaxsiy muammolarini hal qilishlari kerak. Klub ichki adovatlardan ustun turadi. Hozir ichki g‘animlar bilan kurashadigan payt emas. Mourino maygacha ishlashi kerak", - dedi Nevill Sky Sports kanaliga.

Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" APLning so‘nggi ikki turida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!