Neymar “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

  • 11 aprel, 2017, 23:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatining uchta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Marca nashri ma’lum qildi.

Ispaniya futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi Neymarni “Malaga”ga qarshi (0:2) o‘yin vaqtidagi qo‘polligi uchun bir o‘yinga, zaxira hakamiga istehzoli qarsak chalib, maydonni tark etgani uchun ikki o‘yinga chetlatdi.

Shu tariqa, Neymar “Osasuna”, “Real Sosedad” va “Real”ga qarshi o‘yinlarni qo‘yib yuboradi. Kataloniyaliklar mazkur qaror yuzasidan Ispaniya futbol federatsiyaga shikoyat arizasini berishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!