Neymar: O‘g‘lim Mbappening muxlisi
PSJ klubi xujumchisi Neymar jamoadoshi Killian Mbappeni qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq xabar berganimizdek, 19 yoshli xujumchi "Lion"ga qarshi uchrashuvda poker qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
- Mening o‘g‘lim Mbappening muxlisidir. Mashg‘ulotlarda o‘g‘lim Killian bilan hayratlanadi. O‘g‘lim u bilan suratga tushib sinfdoshlariga ko‘rsatishni xohladi va bu vaziyatda o‘zini baxtiyor his etdi.
Jamoada qanday o‘ringa ega ekanligimdan habarim bor va men uchun bu katta ma’suliyatdir. Killianning yoshiga qaramay uning so‘zlarini butun jamoa eshitib hulosa qiladi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u ko‘proq gol urish imkoniyatga ega edi. U ajoyib futbolchi va yaxshi inson, - deya Neymarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal nashri.

Fikrlar