Neymar Pogbani PSJga o‘tishga ko‘ndirmoqchi
PSJ forvardi Neymar "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra braziliyalik futbolchi frantsiyalik jahon chempionini Parij klubiga o‘tishga taklif qilgan. Aytish lozimki, ushbu futbolchilar o‘zaro yaqin do‘st hisoblanishadi va shu bois Neymar Pogbaning PSJga o‘tishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pogba bosh murabbiy Joze Mourino bilan yuzaga kelgan mojaro sabab qishda “Manchester Yunayted”dan ketishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar