Neymar: “Yuventus” to‘sig‘i? Biz buni bir marta uddaladik va ikkinchi marta ham uddalay olamiz

  • 18 aprel, 2017, 21:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymar ertaga Chempionlar ligasi chorak finalida “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz buni uddalay olishimizga ishonishimiz kerak. Bir paytlar otamning menga aytgan bir gapi hamon esimdan chiqmaydi: kelajakda jamoalar o‘zgarishi mumkin, ammo “Barselona” hech qachon o‘zgarmaydi.

Biz buni bir marta uddaladik va ikkinchi marta ham uddalay olamiz. Muhimi bu o‘yinda eng yuqori safiyamizni namoyish etsak kifoya. Agar hammasi o‘ylaganimizdek bo‘lsa, u holda biz yana bir kambekni guvohi bo‘lamiz”, - deydi braziliyalik futbolchi Esporte Interativo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Yuventus” jamoalari bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45da “Kamp Nou”da start oladi.

Neymar “Barselona”ga Tite murabbiylik qilishini istamoqda

Neymar “Kamp Nou”da yana mo‘’jiza bo‘lishiga ishonmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!