Neymar mavsum yakunlangach aniq PSJdan ketadi
PSJ klubi etakchisi Neymar joriy mavsum yakuniga etgach jamoadan ketmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 26 yoshli braziliyalik futbolchi yana bir mavsum "Park de Prens"da qolishga qaror qilgan. Ana shundan so‘ng esa u boshqa jamoaga ketadi. Katta ehtimol bilan u "Real" a’zosiga aylanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar