
Neymarning 500 mehmoni qatnashgan tug‘ilgan kuni qanday o‘tdi? (Video)
"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi Neymar kecha o‘zining tug‘ilgan kunini nishonladi. Mazkur tadbir Parijning markaziy ko‘chalaridan birida o‘tdi va unda 500 dan ziyod mehmonlar ishtirok etdi.
Unda futbolchining jamoadoshlari, oila a’zolari va barcha yaqinlari ishtirok etdi. Futbolchining o‘zi esa jarohati tufayli mazkur tadbirni bekor qilmoqchi bo‘lganligini aytib o‘tdi.
"Sportchilar hassada yurish qanday og‘ir ekanligini yaxshi bilishadi, ammo ular menga kuchli bo‘lib qolishimda katta yordam ko‘rsatishdi. Men hozir ko‘rib turganingizdek quvnoqligimcha qoldim. Buning uchun oila a’zolarimga, jamoadoshlarim va do‘stlarimga rahmat aytaman. Sizlar mening eng yaqin insonlarimsiz, menga jarohatdan qutulishimda yordam bermoqdasiz va buning uchun sizlarga rahmat aytaman", - dedi 27 ga to‘lgan Neymar.
Mazkur tadbirga parijliklar ustozi Tomas Tuxel, mashur didjey Bob Sinkler va braziliyalik xonanda Uesli Safadanlar ham tashrif buyurishdi.
Mehmonlar o‘z vaqtlarini chog‘ o‘tkazishdi. Jumladan, Neymar, Dani Alves va Mbappelar Braziliya mashhur qo‘shiqlaridan biri Parado no Bailão taronasiga birgalikda raqsga tushishdi.
Fikrlar