
Niko Kovach: "Augsburg" ustidan qozoniladigan g‘alaba "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan juda muhim
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach bugun Germaniya Bundesligasining 22-turidan o‘rin olgan "Augsburg"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ushbu bahs “Liverpul”ga qarshi o‘yin oldidan juda ham muhim ekanligini barcha yaxshi tushunib turibdi. Biz ushbu o‘yinga bor e’tiborimizni qaratamiz. Chunki, agar ushbu o‘yinda ijobiy natijaga erishsak, bu “Liverpul”ga qarshi bahsda bizga qo‘l keladi. Biz “Augsburg”ga engil qaramasligimiz kerak. Agar g‘alaba qozonsak, musobaqa peshqadamiga yanada yaqinlashib olamiz”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar ayni damda peshqadam “Borussiya” Dortmunddan 5 ochkoga ortda qolishmoqda. "Augsburg" - "Bavariya" o‘yini esa bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Fikrlar