
Nivaldo nimaga "Lokomotiv"dan ketdi?
Bugun Toshkentning "Lokomotiv" klubi davralar oralig‘ida jamoa safiga kelib qo‘shilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi. Mazkur marosimda "Lokomotiv" klubi bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramovlar ishtirok etishdi.
Jumladan, ushbu marosimda To‘labek Akramov jamoadagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berdi. Unga ko‘ra "temiryo‘lchilar" safini Nivaldo Rodriges, Salim Mustafoev, Cho Suk Jae, Sherzod Fayziev va Sarvar Karimovlar jamoa safini tark etganligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, braziliyalik hujumchi Nivaldoning jamoa bilan shartnomasi yakuniga etdi. U mavsum avvalida Minskning "Dinamo" klubidan yarim yilga ijaraga olingan edi.
Fikrlar