No‘’mon Hasanov: Muxlislardan sabr qilishlarini so‘rayman

  • 11 iyun, 2018, 03:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” (3:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanovishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Kiyinish xonasida futbolchilarning kayfiyati yo‘q ekanligini sezdim. Ularni yupatishga harakat qildim. Bu yigitlar  Qo‘qon futboli uchun ko‘p mehnat qilishgan. Bu futbol,ba’zan shunday mag‘lubiyatlar ham uchrab turadi.

Mavsumni yaxshi boshlagan edik. Negadir so‘nggi uchrashuvlarda o‘yinimiz qovushmayapti. “Navbahor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

Davralar oralig‘ida tarkibimizni  yaxshi o‘yinchilar bilan boyitishni istaymiz. Barchasi moliyaviy imkoniyatimizga bog‘liq bo‘lib qolyapti.  Dastlabki 15 daqiqada futbolchilar umuman ishonchimni oqlay olishmadi. Shuning uchun tezkor futbolchi almashtirishga majbur bo‘ldim. Muxlislarimizdan sabr qilishlarini surab qolardim. Ularni ishonchini qaytarish uchun borimizni berib harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!