Nodirjon Safarov oltin medal uchun dadil odimlamoqda
Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi kungi bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz dastlabki bellashuvlarda gilamga ko‘tarilishdi. Ulardan, faqatgina Nodirjon Safarov o‘z ishtirokini mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda.
Xususan, - 57 kilogrammda gilamga ko‘tirilgan polvonimiz chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 26 yoshli hamyurtimiz chorak final uchun o‘tkazilgan bahsda Belarus vakili Asadulla Laxinauni 5:4 hisobida mag‘lub etdi.
Endi polvonimiz yarim final oldidan eronlik Riza Atrinag‘archi va AQSh vakili Tomas jilman juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Fikrlar