
No‘’mon Hasanov: Biz yutqazmadik, omadimiz kelmadi
Bugun O‘Zbekiston Superligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Buxoro" klubi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Mazkur o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov va jamoa yarim himoyachisi Javohir Sidiqov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bugun chiroyli o‘yin, jang bo‘ldi, deyishim mumkin. Futbolchilarga katta rahmat. Chunki ular barcha ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi. Qo‘qondan kelgan muxlislardan uzr so‘rayman. Boisi ular yaxshi niyatlar bilan kelishgandi. Bugun yigitlar bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Hali oldinda o‘yinimizlar ko‘p. Ishqibozlarimizni xursand qilamiz.
“Buxoro” jamoasi yaxshi shakllangan. Tajribali futbolchilar to‘plangan. Buxorodan ochko olib ketish boshqa jamoalarga ham oson bo‘lmaydi. Bizda uchta golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Ulardan foydalana olmadik. Bitta xato evaziga o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik.
Bugun biz yutqazmadik. Bizga omad etishmadi. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugungi xatolardan xulosa chiqaramiz.
Javohir Sidiqov: - Avvalo, chiroyli o‘yin bo‘ldi. Bugun “Buxoro”ga o‘z maydonida to‘p surgani ham yordam berdi. Lekin bu bahona bo‘la olmaydi. Chempionat bahslari hali oldinda. Biz o‘tgan yilgi natijalarni qaytarishga harakat qilamiz.
Fikrlar