Nuriddinov, Dusanova va Menkov endi leytenant (foto)

BEPUL PROPAN

Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 21ta oltin, 24ta kumush va 25ta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallashgandi.

Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovlar ham ishtirok etishdi.

MOQ rahbari so‘zga chiqar ekan, Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarimizning o‘rni katta ekanligi haqida gapirdi.

«Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatda albatta harbiy sportchilarimizning hissalari katta. Umuman, o‘zbek sportida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubining tutgan o‘rni beqiyos. Sportning deyarli har bir turida Mudofaa vazirligi sport klubi vakillarini uchratishimiz mumkin. Ular orasida Osiyo o‘yinlari, Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchilarimiz talaygina. Fursatdan foydalanib, Sizlarni qit’amizda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqada sovrindor bo‘la olganligingiz bilan tabriklayman. Endi 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘ynlarida ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishingizga tilakdoshmiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

2-4

Qayd etish lozimki, Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarning 33 nafari Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari hisoblanadilar. Tadbir davomida Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Musobaqa chempionlari Vadim Menkov, Ruslan Nuriddinov, shuningdek, kumush medal sohibasi Nadiya Dusanovaga leytenant harbiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi.

7-3-1024x682

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!