
Nursulton Ro‘ziboev chempionlik kamarini saqlab qoldi
Besh kun ichida ikkinchi marta ringga ko‘tirilgan o‘zbekistonlik yakkakurashchi Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi jangini Bishkek shahrida o‘tkazdi.
“WEF GLOBAL 10” turniri doirasida unga mezbonlar vakili Erbolot Omorzakov raqiblik qildi.Ushbu turnirning amaldagi g‘olibi bo‘lgan Nursulton ushbu jangda o‘z sovrinini saqlab qoldi va raqibi bilang durang natijani qayd etdi.
18 noyabr kuni Ekaterinburg shahrida o‘tkazilgan yakkakurashlar bo‘yicha musobaqada hamyurtimiz chechenistonlik Jangchuraev Axmatni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton bundan tashqari 16 dekabr kuni Grozniy shahrida o‘tkaziladigan aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha "WFCA 44" turnirida ham ishtirok etadi.
Fikrlar