
Nursulton Ro‘ziboev va yana ikki sportchimiz Chimkentdagi musobaqada g‘alaba qozondi
Kecha Qozog‘istonning Chimkent shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha ustasi “ALASH PRIDE” Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada uch nafar o‘zbekistonlik sportchi – Nursulton Ro‘ziboev, Azamat Nuftillaev va Alixon Hasanov ringga chiqishdi.
Nursulton Ro‘ziboev 77 kg vazn toifasida qozog‘istonlik Sultan Kiyalov (3-1-0) bilan kuch sinashib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, U o‘tgan yili 9 ta jang o‘tkazishdi va shulardan bittasida mag‘lub bo‘lgan. Qolgan barcha janglarni muddatidan oldin yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Nursulton WMMAA (Koreya 2016) va “Jekpe jek” bo‘yicha Osiyo chempioni, “Legion FC” kamari sohibi hisoblanadi.
Shuningdek, Azamat Nuftillaev boshqa bir mezbon sportchi Nursat Semeteevni, Alixon Hasanov esa (6-3-0) Murat Baktorazovdan (0-3-2) ustun keldi.
Fikrlar