O‘FA bayonoti: Aziz Turg‘unboev diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 31 yanvar, 2019, 15:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 14
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, ayni kunlarda futbolchi Aziz Turg‘unboevning qaysi klubga tegishli ekanligi  masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. 
 
Shu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg‘unboev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo‘ygan futbolchi “Navbahor” safida xorij yig‘inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo‘lladi.
 
Mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O‘FAning “Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita”ga oshirildi. Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlaydi. Ushbu masala qonuniy tarzda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
 
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi muxlislar tomonidan Aziz Turg‘unboev masalasi bo‘yicha turli videomurojaatlari e’lon qilinmoqda. O‘FA bu videomurojaatlarni ko‘rib chiqdi va u erdagi muxlislar fikrini hurmat qilishini ma’lum qiladi. 
Shu bilan birga futbolchining transferi bilan bog‘liq huquqiy masala videomurojaatlar asosida emas, qonuniy yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini ham eslatib o‘tadi. 
 
Tomonlar bir stol atrofida o‘tirib, yuzma-yuz holda futbolchi va uning agenti ishtirokida muhokama olib borishadi. Agar bu masalada biror klub aybdor bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda jazolanadi. Agar ayb futbolchida bo‘lsa, futbolchi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. 
 
Shunday ekan, mazkur masala tegishli tartibda hal qilingunga qadar muxlislardan turli gap-so‘zlarga uchmay, oqilona yo‘l tutishni va O‘FAning yakuniy qarorini kutish hamda o‘sha qarorni hurmat qilishni so‘rab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ОЗИМИЗ
01/02/2019 07:53
Жуда тогри карор икки томонга ойламай хоп деб кол койиш охир окибат нима болишини хамма билиша яхши боларди бошкаларга хам дарс болади мен УФА НИ колаб куватлайман озбек футболи ойинчок эмаслигини билиб койсалар яхши болади !!!
&
ахмад49
02/02/2019 18:26
УФА ёшларни бугишга урганиб колган.
&
ахмад49
02/02/2019 18:26
УФА ёшларни бугишга урганиб колган.
&
mmn
31/01/2019 19:03
Агар Турғунбоев иккала жамоа билан шартнома имзолаган бўлса, жазоланиши шарт.
&
Alisher1981
mmn
31/01/2019 21:28
Ey nimaga aljirayapsan
&
Alisher1981
mmn
31/01/2019 21:29
Ey nimaga aljirayapsan
&
mmn
mmn
31/01/2019 22:15
Аввало сансирама никингга қарананла ҳали гўдаксан.Алдираяпти деб санга ўхшаганлага айтилади, аввал ёзганимни яхшилаб тушуниб олиб кейин ёзгин, қолаверса мани фикримга жавоб ёзиб изоҳлашинг шартамас.
&
31/01/2019 22:23
Аввало сансирама никингга қарананлда ҳали гўдаксан.Қолаверса мани фикримга жавоб ёзишинг шартмас.Ўзбек футболига Турғунбоевга ўхшаган о....тлар керакмас, ақли бўса иккита жамоа билан шартнома тузадими...
&
Alisher1981
31/01/2019 22:36
Pahtakor muhlisimisiz shuni bilgink sanga uhshagan muhlis kerak emas uzbek fudboliga san ham sasrama hurmatingni bil
Тохиржан Холмирзаев
31/01/2019 15:24
Бу дегани энанги кози урса додингни кимга айтасан. ...
&
31/01/2019 21:35
Tohirjon siz ham pahtakor muhlisimisiz shuni bilingki uzbekistonda qizil chiroqdan utib bulmaydi pahtakorni yutib bulmaydi ana sizga shafoflik
Тохиржан Холмирзаев
01/02/2019 07:40
Пахтакорни ютса булади фвкат хакмлар честный булса хооов навбохордаги уйин эсиздами