O‘FA va PFL rahbarlari Turkiyada marketing masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishdi va "Beshiktosh" klubi bilan tanishishdi

  • 24 yanvar, 2019, 20:52
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Otabek Imomov va Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov Turkiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba o‘rgani maqsadida ayni kunlarda Turkiyada bo‘lib turishgani va u erda uchrashuvlar o‘tkazishayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun O‘FA va PFL mutasaddilari "Inteltek" kompaniyasi rahbariya Ahmet Sezar bilan uchrashib,  klublarda marketing ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Shundan so‘ng  "Beshiktosh" klubiga tashrif buyurildi. O‘FA mutasaddilarini klub vitse-prezidenti Serdal Adalining o‘zi kutib olib, boy tarixga ega klub bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, klubda olib borilayotgan ishlar, infratuzilma va muxlislar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Serdal Adali Turkiyadagi har bir yirik korxona va kompaniyalarda klubning o‘z muxlislar guruhi mavjud bo‘lib, bu guruh "Beshiktosh" ishtirokidagi o‘yinlarga stadionlarga ko‘proq muxlislarni jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishini aytib o‘tdi.
52d2b5340a03c2626642c4a20d10c95558c7911a

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
24/01/2019 22:09
Ишкилиб шу учрашувлар фойда берсин-да.