Oleg Zoteev: Osiyo kubogidan so‘ng hech qaysi agentdan taklif bo‘lmadi

  • 20 fevral, 2019, 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oleg Zoteev yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogidan so‘ng unga hech bir agentdan taklif bo‘lmagani haqida aytib o‘tdi.

Tecno

- Rostini aytsam, Osiyo Kubogidan keyin menga hech qaysi agentlardan taklif bo‘lmadi. Sizga oldin aytganimdek, o‘zimning variantlarim bor edi va hozir ham o‘z kuchida. Misol uchun Eronning “Fulad” klubi menga jiddiy qiziqdi va aslida ushbu jamoaga o‘tishim kerak edi. Ammo o‘zim bu variantdan voz kechdim. Shuningdek, Rossiya klublaridan ham yaxshi takliflar bo‘ldi. Ammo ularning chaqiruvlarini ham rad etdim. 23 fevralda O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘ynaymiz. Qolaversa, “Lokomotiv” ham meni qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Klub rahbarlari boshqa joyga ketib nima qilasan, biz bilan qolgin deb tinmay aytishyapti. Shu bois menimcha, “Lokomotiv”da qolaman.

Oleg Zoteev bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin >>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!