“Olmaliq” – “Qo‘qon-1912” prevyu

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Superliga 6-turida "Qo‘qon-1912" jamoasi Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yin 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlariga doir statistik ma’lumotlarni taqdim qildi.

O‘zaro o‘yinlar

“Olmaliq ” va “Qo‘qon-1912” klublari shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatida olti marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning bittasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. To‘rtta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. Bitta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 9-6 AGMK foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda jamoamiz to‘rt ochkoni qo‘lga kiritgan. AGMK hisobida esa 13 ochko mavjud.

Barcha uchrashuvlar:

18.04.2015 – Olmaliq – Qo‘qon-1912 – 2:1
26.08.2015 – Qo‘qon -1912 – Olmaliq – 0:1
30.06.2016 – Olmaliq – Qo‘qon-1912 – 3:2
22.11.2016 – Qo‘qon-1912 – Olmaliq – 2:1
25.05.2017 – Olmaliq – Qo‘qon-1912 – 0:0
25.11.2017 – Qo‘qon-1912 – Olmaliq – 1:2

Hakamlar

12 aprel kuni Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Superliga, 6-tur
12 aprel (payshanba)
AGMK – “Qo‘qon-1912”
Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), A.Usmonov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), A. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi – A. Abdullaev (Toshkent).
Komissar – R.Chernikov.

Boshlanish vaqti

Payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin soat 18:00da boshlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!