
Oltinni oltinga ulayotgan Oksana Bokuda ham barchani lol qoldirdi
Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»da o‘yinlari yanada qizg‘in tus olmoqda. Xususan, sport gimnastikasi yo‘nalishi bo‘yicha bahslar juda keskin kechdi. Unda ishtiroketgan yurtdoshimiz Oksana Chusovitina delegatsiyamiz hisobiga oltinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi va Vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tardi.
Eslatib o‘tamiz, Oksana bundan oldin etti marotaba Olimpiada o‘yinlarida qatnashib Jahon rekordini o‘rnatgan va rasman Ginesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Hozirda u 41 yoshda, shunga qaramasdan o‘zining faoliyati bilan barchani lol qoldirmoqda.
Yulduz Rahmatova tayyorladi.
Fikrlar