O‘q otish. O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istondagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

CHERY AUTO

 

Qozog‘istonda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha “Oltin mergan” nomli xalqaro musobaqa davom etmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Bahslarda mamlakatimizning etakchi sportchilari barcha mashqlarda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi.

Kecha merganlar qichik kalibrli miltiqdan o‘q uzish bo‘yicha mahoratlarini ishga solishdi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan MV9 mashqlarida (bunda sportchilar 50 metr masofada yotgan holda nishonga o‘q uzishadi) ham g‘oliblik uchun kurash kutilganidek O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari o‘rtasida kechdi.

Erkaklar o‘rtasida g‘oliblik uchun bo‘lgan bahslarda qozog‘istonlik Ilya Fedin 624,4 ochko bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz Roman Goloshapov 623,5 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa hamyurtimiz Sakina Mamedova eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi. U 620,8 ochko to‘plab barcha raqobatchilarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!