
O‘q otish bo‘yicha Halqaro Gran-pri musobaqasida paralimpiyachilarimiz 2ta medalni qo‘lga kiritishdi
2018 yilning 11-14 aprel kunlari Polshaning Shetsin shahrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha ShETsIN-2018 Halqaro GRAN-PRI turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi, o‘zebkistonlik Server Ibragimov xamda Aziz Ibragimov ishtirok etdi.
Shu kunga qadar xamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini yakunlab 1 oltin va 1 kumush, jami 2ta medalni O‘zbekiston xisobiga qo‘shib qo‘ydilar. Ushbu musobaqaning 10m.ga pistoletdan otish buyicha final bosqichida hamyurtimiz Server Ibragimov 237.4 natijasi bilan 1 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2 o‘rinni yana bir xamyurtimiz 235,9 natija bilan Aziz Ibragimovga nasib etdi. 3 o‘rinni esa ukrainalik sportchi Denyusik Aleksey (215,3) egalladi. Mazkur musobaqada 23ta mamlakatdan 228ta sportchilar kuch sinashdi.
Sportchilarimiz 16 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:40da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtimizga etib keladi.
Fikrlar