
Ortega Xabibga qarshi jang qilishi mumkin
UFC jangchisi Brayan Ortega UFC 231 turnirida Maks Xollouey bilan kuch sinashganidan so‘ng, Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilishni xohlayotganini aytib o‘tdi.
- Xabib bilan ajoyib bahs o‘tkazishimizga ishonamiz. U ajoyib kurashchi, men esa jitser.
Bilasizmi, Nurmagomedov - MakGregor bellashuvida bir necha vaziyatlarda boshqacha harakat qilishimni aytib o‘tgandim. Shundan so‘ng, super jang tashkillashtirish borasida fikr yuritgandim.
Divizionlar chempionlari o‘rtasidagi bahslar hamma vaqt e’tiborimni tortgan, - deya Orteganing so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Junkie nashri.
Brayan Orteganing Maks Xolloueyga qarshi jangi 9 dekabr kuni Toronto shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar