Osiyo chempionati oldidan yosh mohir merganlar saralandi

CHERY AUTO

Bir xafta davomida poytaxtimizdagi MXSK bazasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekisiton kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati  vakili Suhrob Mirzajonov pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha raqiblaridan kuchliroq ekanini isbotlab terma jamoa yig‘iniga taklif etiladigan bo‘ldi:

Musobaqa o‘ziga xos tarzda o‘tdi, chunki har bir qatnashchi juda kuchli tayyorgarlik ko‘rgan edi, – deydi S.Mirzajonov. – Men ham ushbu musobaqada a’lo darajada qatnashdim va o‘zim kutgan natijani qo‘lga kiritdim. Hayajon ham bo‘ldi, albatta. Ustozlarim va bevosita telefonda ota-onamning qo‘llab-quvvatlashi natijasida hayajonimni engishga muvaffaq bo‘ldim.

Kubok musobaqalari doirasida qizlar o‘rtasidagi bahslarda  Surxondaryo viloyati vakili Nigina Saidqulova ham kuchlilar orasiga kirdi:

6 oy davomida  ushbu sport turi bilan shug‘ullandim. Mashg‘ulotlar meni o‘ziga rom etdi. O‘zbekiston kubogiga ham juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Chunki raqiblarim kuchliligini bilardim. Muvaffaqiyatga erishish oson kechmadi, deb o‘ylayman. Har bir mashqlar men uchun juda hayajonli kechdi va shu bilan bir qatorda juda ko‘p do‘stlar orttirdim, – deydi Nigina Saidqulova.

20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi yakunida terma jamoaga nomzod sportchilar saralab olindi. G‘oliblarga O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi tomonidan faxriy yorliqlar taqdim etildi.

Terma jamoamiz oldida shu yilning 6-12 dekabr kunlari Yaponiyada o‘tkaziladigan X Osiyo chempionati turibdi. Mas’uliyatli musobaqalar oldidan bosh jamoamizning yig‘in mashg‘ulotlari 20 noyabr – 4 dekabr kunlari toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!