
Ot sporti. Jaxon tajribasi tatbiq etilmoqda
Frantsiya otchilik sanoati tashkiloti – «UNIC» rahbariyati taklifiga binoan joriy yilning 22-25 yanvar kunlari O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisining o‘rinbosari E. Anarbaev va yurtimiz yilqichilik sohasi mutaxassislari yilqichiligimizda inovatsion yondashuvni keng ko‘lamda tatbiq etish, frantsuz otchilik sanoti istiqbollarini o‘rganish, mazkur davlatning ot sporti tajribalarini tadqiq etish, shuningdek ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Frantsiyada bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Frantsiya otchilik sanoati tashkiloti – «UNIC» (Erik Grandier), Frantsiya milliy totalizatori – PMU ( Kristian Noris), Frantsiya ot sporti federatsiyasi va Xalqaro ot turizmi federatsiyasi (Frederik Bui), Frantsiya yilqichilik va ot poygasi qo‘mitasi (Kapuchin Xoel), «Carrus» va «Fornells» (Jeromi Karrus i Teddi Selva) kompaniyalari rahbariyati bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashkilotlar bilan malaka oshirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif mobaynida Frantsiya otchilik sanoati bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Delegatlarimizga turli ot sporti obektlari hamda «Long champ», «Vincennes» kabi xususiy ippodromlar faoliyati tanishtirildi. Yakunida ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirish rejalashtirildi.

Fikrlar