Oybek Qosimov Pragada Milliy olimpiya qo‘mitalari Assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasida qatnashmoqda

CHERY AUTO

 

Tecno
Chexiya poytaxti Praga shahri Milliy olimpiya qo‘mitalari Assotsiatsiyasining XXII Bosh Assambleyasiga mezbonlik kilmokda. Assambleyada Uzbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov xam ishtirok etmoqda. 
 
Sport olamida yilning eng muhim tadbirlaridan hisoblangan marosimda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax, Milliy olimpiya qo‘mitalari Assotsiatsiyasi raxbari, Osiyo olimpiya Kengashi Prezidenti shayx Ahmad al Fahad al Sabax, kit’a va jaxon sport federatsiyalari rahbarlari qatnashishmokda. 
 
Assambleya kun tartibidan bir fator muhim masalalar o‘rin olgan bo‘lib, eng avvalo oldinda kutib turgan nufuzli musobaqalar Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari, Argentina mezbonligida o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiadasi va nihoyat Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash, musobaqalar paytida xolis hakamlikni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada yuqorida nomlari sanab o‘tilgan musobaqalar tashkiliy qo‘mitasi rahbarlariga anik topshiriq va tavsiyalar berildi. 
 
Assambleya davomida Oybek Kasimov bir qator Xalkaro sport federatsiyalar va Assotsiatsiyalar rahbarlari bilan uchrashishi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Xalqaro sport federatsiya va Assotsiatsiyalari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash kutilayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!