
O‘zbek bokschilarini to‘xtatib bo‘lmadi
Filippinning Puerto-Printsesa shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari yakunlandi.
Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan bokschilarimizdan to‘qqiz nafari yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
46 kilogramm vazn toifasida Muhammadmuso Abdurahmonov raqibi Turki Yahyo Ahmadni ikkinchi raundda mutlaq ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
48 kilogramm vazn toifasida Ruslan Abdullaev BAA vakili Ali Al-Xarussiyni 5:0 hisobida engdi.
52 kilogramm vazn toifasida Asadxo‘ja Muydinxo‘jaev iroqlik Hussayn Abdulhodiy Al-Baydxoniyni 4:1 hisobida engdi.
54 kilogram vazn toifasida Rahmatullo Toshpo‘latov butanlik Rada Vanchukni ikkinchi raundda katta ustunlik bilan taslim qildi.
57 kilogramm vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev yaponiyalik Kenshin Yamamuradan 5:0 hisobida ustun keldi.
60 kilogramm vazn toifasida Sherzod Qodirov filippinlik Norlan Petetsioni 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.
63 kilogramm vazn toifasida Nurislom Ismoilov hindistonlik Vijay Dipga imkoniyat qoldirmadi - 4:1.
66 kilogramm vazn toifasida Asadbek Jumaniyozov tailandoik Chansom Vittayani 5:0 hisobida engdi.
Og‘irligi 80 kilogrammdan yuqori bokschilar bahsida hamyurtimiz Shohruh Almatovning raqibi - Saud Al-Barud (BAA) jangga chiqmadi.
Fikrlar