O‘zbekiston Kubogi 2-bosqich juftliklari ma’lum
Ikkinchi apreldan O‘zbekiston Kubogi ushbu mavsumiga start berildi.
Pro-Ligada ishtirokini boshlagan to‘rt klub – "Nurafshon", "Iftixor", “Sherdor” va “Labsa” klublari 1/32 final doirasida o‘zaro uchrashuvda maydonga tushishdi. “Nurafshon” – “Iftixor” uchrashuvida mehmonlar 1:3 hisobida zafar quchishdi.
O‘z maydonida Buxoroning “Labsa” klubini qabul qilgan “Sherdor” juda qiyin kechgan uchrashuvning asosiy vayti 1:1 bilan yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda ham g‘olib nomi aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Lotereyada esa “Sherdor”ga omad kulib boqdi - 7:6. Shu tariqa, Iftixor va “Sherdor” 1/16 finalga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston Kubogi. 1/32 final
“Nurafshon” - “Iftixor” – 1:3.
Gollar: F. Shotursunov (11) – O. Muxitdinov (54), A. Xolmatov (69,87)
“Sherdor” – “Labsa” – 1:1 (qo‘shimcha vaqt 0:0, penaltilar seriyasi – 7:6)
Gollar: S. Ahmedov (79) – F. Muinov (4).
O‘zbekiston Kubogida birinchi bosqich o‘yinlari yakunlandi. Endi navbatdagi bosqich bahslari 15-16 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Quyida O‘zbekiston Kubogi ikkinchi bosqich juftliklari va uchrashuvlar vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:
1/16 final. Ikkinchi bosqich
15 aprel, yakshanba
“Sherdor” - “Xorazm” 16:00
“Lokomotiv-BFK” - “Surxon” 16:00
“Zomin” - “Qo‘qon-1912” 16:00
“Xotira” - “Dinamo” 16:00
“Mash’al” - “Istiqlol” 18:00
“So‘g‘diyona” - “Metallurg” 18:00
AGMK - “Norin” 18:00
“Andijon” — “Navbahor” 20:00
16 aprel, dushanba
“Orol” — “G‘ijduvon” 16:00
“Iftixor” — “Yozyovon” 16:00
“Sho‘rtan” — “Neftchi” 18:00
“Qizilqum” — “Buxoro” 19:00

Fikrlar