
O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Xiddink boshliq xitoylik tengqurlarini ortda qoldirib, xalqaro musobaqa chempioni bo‘ldi
Bugunga qadar vakillarimiz musobaqa doirasida Tojikiston U-21 hamda Myanma U-21 terma jamoalarini mag‘lub etishgan edi.
Bugungi o‘yinda Gus Xiddink boshqaruvidagi mezbonlar Xitoy U-21 terma jamoasiga qarshi saf tortgan o‘zbek o‘g‘lonlari murosasiz kechgan bahsda 1-1 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. Uchrashuvdagi o‘zbekistonliklarning goliga Sherzod Nasrullaev mualliflik qildi.
Umumiy hisobda 7 ochko to‘plagan yurtdoshlarimiz musobaqa chempioni unvoniga sazovor bo‘lishdi. 2-o‘rin Xitoyga nasib qilgan bo‘lsa, 3 va 4-o‘rinlarni Tojikiston va Myanma terma jamoalari o‘zaro bo‘lib olishdi.
Xitoy darvozasiga Sherzod Nasrullaev tomonidan kiritilgan gol turnirdagi eng chiroyli gol deb topildi va unga tashkilotchilar tomonidan maxsus sovrin topshirildi.
Fikrlar